"Barselona" yana Madrid jamoasiga imkoniyatni boy berdi

"Barselona" yana Madrid jamoasiga imkoniyatni boy berdi

Ispaniya chempionatining 11-tur uchrashuvida “Barselona” safarda Madridning “Rayo Valyekano” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yagona gol 30-daqiqada Radamel Falkao tomonidan kiritildi.

19 ochko to‘plagan “Rayo Valyekano” La Liga turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. «Barselona» 15 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

"Rayo Valyekano" Madrid – "Barselona" Barselona - 1:0 (0:0)
Gol
: Falkao, 30 - 1:0

"Rayo Valyekano": Dimitriyevski, Baliu, Savelich, Katena, Fran Garsiya, Garsiya, Komesanya, Oskar Valentin, Trexo, Falkao, Palason.

"Barselona": ter Shtegen, Serji Roberto, Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, Koutinyo, Niko Gonsales, Dest, Aguero, Depay.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!