"Barselona": "Messi bilan hammasini kelishib olgandik, lekin..."

"Barselona": "Messi bilan hammasini kelishib olgandik, lekin..."

"Barselona" Lionel Messi bilan bog‘liq vaziyat haqida yana bir bayonot berdi. Klub ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi bilan shartnoma allaqachon kelishilgan, payshanba kuni rasmiy e’lon qilinishi kutilgandi. Ammo La Liga reglamenti to‘siq bo‘ldi. Messining juda yuqori maoshi klubga futbolchini keyingi mavsum uchun arizaga kiritishga imkon bermaydi.

«Barselona» va Lionel Messi kelishuvga erishganiga va bugun shartnoma tuzishni rejalashtirganiga qaramay, La Liga reglamentidagi tizimli to‘siqlar tufayli shartnoma imzolanmaydi.

Messi bu holat tufayli "Barselona"da qolmaydi. Tomonlar futbolchi va klub istaklari amalga oshmayotganidan afsusda.

"Barselona" Messining klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Futbolchiga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz", - deyiladi "Barselona" bayonotida.

Messiga asosiy da’vogarlar - «PSJ» va «Manchester Siti». Argentinalik erkin agent sifatida istalgan klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!