"Barselona" hujumchisi jamoani tekinga tark etadi

"Barselona" hujumchisi jamoani tekinga tark etadi

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay "Yuventus"ga tekinga o‘tadi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Kataloniyaliklar 28 yoshli hujumchi uchun hech qanday mablag‘ olishmaydi. Ammo klub futbolchi bilan shartnoma bekor qilingani uchun tovon puli ham to‘lamaydi.

Avvalroq, "Yuventus" "Barselona" hujumchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Depayning maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 5 million yevroni tashkil qiladi.

Memfis o‘tgan mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Depayning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!