"Barselona" hujumchisi "Chelsi"ga o‘tishga tayyor

"Barselona" hujumchisi "Chelsi"ga o‘tishga tayyor

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Chelsi" "Barselona" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining o‘zi Angliyaga qaytish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor, ammo hammasi kelishuvning moliyaviy shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha “Barselona” London klubidan rasmiy taklif olmagan.

33 yoshli Obameyang 2022 yilning qishida "Arsenal"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgandi. Avvalroq London klubi gabonlik bilan shartnomani bekor qilgandi.

O‘shandan beri u kataloniyaliklar safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!