"Barselona" hujumchisi bilan shartnomani bekor qilishga harakat qilmoqda

"Barselona" hujumchisi bilan shartnomani bekor qilishga harakat qilmoqda

"Barselona" futbolchining boshqa jamoalar bilan muzokara qilishdan bosh tortgani uchun hujumchi Martin Breytueyt bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

31 yoshli daniyalik boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.

"Barselona" tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra futbolchini sotishni yoki u bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, klub Breytueytga "Barselona"ga tovon to‘lamasdan istalgan jamoa bilan muzokaralar olib borish imkoniyatini berishga tayyor edi, ammo Martin hamma taklifni rad etdi. Kataloniya klubi bu xatti-harakatidan norozi va futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!