"Barselona" futbolchisi "Real"ga qarshi ukol olib o‘ynaydi

"Barselona" futbolchisi "Real"ga qarshi ukol olib o‘ynaydi

"Barselona"ning ispaniyalik himoyachisi Xordi Alba "Real"ga qarshi o‘ynash uchun bor kuchini sarflashga tayyor.

Ispaniyalik futbolchi "El-Klasiko"da o‘ynay olish uchun ukol olishga qaror qilgan. Manbaga ko‘ra, bugun u yakka tartibda shug‘ullangan bo‘lsa, ertaga umumiy guruhda shug‘ullanadi.

"Barselona" - "Real" o‘yini 24 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!