«Barselona» futbolchilari Ispaniya kubogi yarim finalida «Real» bilan tushganidan xursand bo‘lishdi

«Barselona» futbolchilari Ispaniya kubogi yarim finalida «Real» bilan tushganidan xursand bo‘lishdi

Ikki kun avval tashlangan qur’aga ko‘ra, Ispaniya kubogi yarim finalida «Real» va «Barselona» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘lishdi.

Taniqli jurnalist Xavi Migel xabar tarqatishicha, "Barsa" futbolchilar qur’a jarayonini klub mashg‘ulot bazasida jonli tomosha qilishgan. "Ko‘k-anorranglilar"ga "Qirollik klubi" raqibi bo‘lishi aniq bo‘lgach, ular buni xursandchilik va qarsaklar bilan kutib olishgan.

Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki o‘yini «Santyago Bernabeu» (1 mart), javob bahsi esa «Kamp Nou» (5 aprel)da bo‘lib o‘tadi. Bunday taqvim ham "Barselona" futbolchilarini qanoatlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xavi jamoasi joriy mavsumda madridliklar bilan 2 marta to‘qnash kelishdi. La liga doirasidagi o‘yinda Anchelotti jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Ispaniya superkubogi o‘yinida kataloniyaliklar shunday hisobda raqibdan ustun kelishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!