"Barselona" fransiyalik himoyachini sotib olmoqchi

"Barselona" fransiyalik himoyachini sotib olmoqchi

"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi ESPN.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" klubi Kunde uchun 45 million yevrolik taklif bilan chiqdi. "Sevilya" klubi futbolchini 60 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda

23 yoshli fransuzning andalusiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi. Transfermarkt uni 60 millionga baholagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!