Bankdan qarzdorlik sabab ko‘chmas mulk auksionda 5 050 000 000 so‘mga sotildi
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro hujjati kelib tushgan.
Unga ko‘ra, qarzdor A.A. korxonasidan undiruvchi bank foydasiga 5 755 904 435 so‘m qarzdorlik undirish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan turar joyga qaratish belgilangan.
Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Garov mulki sifatida qayd etilgan turar joy, belgilangan tartibda auksion savdosiga boshlang‘ich 2 500 000 000 so‘mga chiqarilib, auksion savdolarida 5 050 000 000 so‘mga sotildi.
