Bank kartasidagi pullar talon-toroj qilindi

Bank kartasidagi pullar talon-toroj qilindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi fuqaro SH.S. ariza bilan murojaat qilib, arizasida noma’lum shaxs firibgarlik yo‘li bilan bank kartasida bo‘lgan jami 6.326.000 so‘m miqdoridagi pullarini yechib olganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida SH.S. ismli fuqaroning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Qarshi tumanida yashovchi, 2004 y.t., X.M. ekanligi aniqlangan.

X.M. o‘zining telefonidagi "Click" mobil ilovasiga bank kartasini ulab, pullarni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar bank kartalaringiz ma’lumotlarini hech kimga bermang, deya ogohlantirmoqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!