Bangkokda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida besh davlat vakillari Rossiya vazirining nutqi davomida zalni tark etdi

Bangkokda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida besh davlat vakillari Rossiya vazirining nutqi davomida zalni tark etdi

AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Avstraliya vakillari Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning chiqishi chog‘ida Bangkokdagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitidagi savdo vazirlari yig‘ilishini tark etishdi. Bu haqda Reuters nashri o‘z manbalarga tayanib, xabar bermoqda. Tailand tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotni tasdiqladi.

Ismini oshkor etmagan diplomatning aytishicha, besh davlat vakillari Rossiyaning "Ukrainadagi noqonuniy bosqinchilik urushi va uning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi iqtisodiy oqibatlariga" norozilik sifatida yig‘ilishni tark etgan.

Boshqa bir diplomatning aytishicha, ushbu diplomatlar Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitining 22 mayga belgilangan yakuniy bayonotida boshqa ishtirokchilardan "urushga nisbatan kuchliroq pozisiyani" talab qilishgan.

Tailand mulozimining so‘zlariga ko‘ra, besh davlat delegasiyalari Reshetnikov nutqini tugatgandan so‘ng yig‘ilishga qaytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!