Bandlikni ta’minlashda aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarur - Mirziyoyev

Bandlikni ta’minlashda aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarur - Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda.

Yig‘ilishda bandlikni ta’minlashda aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Ikki yil ichida aholiga beriladigan yerlar 200 ming gektardan oshadi. Bu – Samarqand viloyatining jami paxta va g‘alla yeridan ko‘p maydon.

Lekin, bu yil ajratilishi kerak bo‘lgan yerlarni ko‘pi hali zaxiraga olinmagan, ishlar pala-partish tashkil qilinayapti. Mahallaning ichidagi kichik-kichik qulay maydonlar qolib, dalaning o‘rtasidagi katta yerlarni ajratish holatlari ham bor.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

- har bir mahallaga “usta dehqonlar”ni jalb qilib, ushbu yer maydonlarida faqat eksportbop-bozorbop mahsulotlar yetishtirilishiga e’tibor qaratish;

- har bir tuman agrologistika markazlari va eksportyorlar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash topshirildi.

Bu yerlardan samarali foydalanib, kamida 1 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!