Bandixonda yana 3,5 km yo‘l asfaltlanadi

Bandixonda yana 3,5 km yo‘l asfaltlanadi

Bandixon tumanida aholi uchun qulay va obod muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Shoira Rajabova hamda Baxtiyor Po‘latov tashabbusi bilan Bandixon tumanidagi Bag‘rikeng mahallasidan o‘tib, Obod yurt mahallasini bog‘lovchi Navro‘z sayli, Shodlik hamda Ziyolilar ko‘chalarining 3 500 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha tanlov o‘tkazilib, g‘olib deb topildi.

Endi mazkur ko‘chalarda zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizilib, aholi uchun yanada qulay, ravon va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi.

Bu kabi amaliy ishlar — mahallalar obodligi, aholi turmush farovonligi va hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamdir.

Obod ko‘cha — obod mahalla, obod mahalla — farovon hayot!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган. </