Bahodir Jalolov professional boksdagi to‘rtinchi jangida qanday natija qayd etdi?

Bahodir Jalolov professional boksdagi to‘rtinchi jangida qanday natija qayd etdi?

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov bugun o‘zining navbatdagi jangida ringga ko‘tarildi.

AQShning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi «Industry Hills Expo Center» majmuasida o‘tkazilgan jangda bokschimizga amerikalik Valentin Markes raqiblik qildi.

Quvonarlisi, Bahodir jangning birinchi raundidayoq Markesni nokautga uchratdi va faoliyatidagi to‘rtinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi.

Shu tariqa, Bahodirning prof ringda o‘tkazgan janglari soni to‘rttaga yetdi. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan. Valentin esa prof ringda 10ta jang o‘tkazgan. Beshta jangda g‘alaba (2tasi nokaut bilan) qozongan, 5ta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Bahodirga qarshi bahsda u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!