Bahodir Jalolov Fyuri - Uaylder jangiga munosabat bildirdi

Bahodir Jalolov Fyuri - Uaylder jangiga munosabat bildirdi

Bahodir Jalolov Fyuri-Uaylder jangi haqida fikr bildirdi.

Tayson Fyuri va Deontey Uaylder bahsidan so‘ng og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov Olamsport.com sayti uchun ushbu trilogiya haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

Jalolov Uaylderning mag‘lubiyatiga uning ochiq jang o‘tkazishi sabab deb hisoblaydi.

«Jang yaxshi bo‘ldi. Tayson Fyuri anchayin yaxshi tayyorlangan ekan. Uaylder, baribir, 5-6 raundlarda charchab qoldi. Fiziologik jihatdan tayyor emas ekan. Men uchun Fyuri Uayderga qaraganda kuchli bokschi. Chunki Uaylder ochiq jang qiladi. Shuning uchun mag‘lub bo‘ldi deb o‘ylayman, juda ko‘p zarba o‘tkazib yubordi. O‘tkazib yuborilgan zarbalar yig‘ilib-yig‘ilib oxirida baribir, nokaut holatiga tushdi. Boksda bu qadar ko‘p zarba o‘tkazib yuborish yaxshi emas. Tayson Fyuri Aleksandr Usikka ham ancha muammo tug‘diradigan bokschi», - dedi Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan boks oqshomida supeog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallagan bahsning 11 uch daqiqaligida Tayson raqibiga juda kuchli zarba yo‘lladi va nokaut qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!