Bag‘dodda talabalarning o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bag‘dodda talabalarning o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar R.D., D.YU. va X.A.lar qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universiteti talabalari B. va D.ning ishonchiga kirib, ularning o‘qishini Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 800 AQSh dollari va 38 mln so‘mini hamda kontrakt to‘lovi uchun 36 mln so‘mini shuningdek, semestr imtihonlarini yakunlab berish evaziga yana 120 AQSh dollarini qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida D.YU. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib qaytargan 800 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!