Bag‘dod Tehrondan Bosh vazirning ofisiga qilingan hujum bo‘yicha tushuntirish talab qildi

Bag‘dod Tehrondan Bosh vazirning ofisiga qilingan hujum bo‘yicha tushuntirish talab qildi

Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Iroq Kurdistoni bosh vaziri Masrour Barzaniyning ofisiga qilingan hujum bo‘yicha Erondan rasmiy tushuntirish talab qildi.

Iroq tashqi ishlar vazirligi Husayn va uning eronlik hamkasbi Abbos Arag‘chi o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng bayonot berdi.

Xabarga ko‘ra, Husayn bu voqeani mintaqada keskinlikni kuchaytirishi va barqarorlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan xavfli presedent deb atagan. U Aragchidan hujum bo‘yicha mamlakatning rasmiy pozisiyasini aniqlashtirishni talab qilgan.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘z navbatida, hujum Islom Respublikasi hududidan kelib chiqqanligini ko‘rsatuvchi hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini aytdi. Iroq vazirligi bayonotiga ko‘ra, Aragchi Eron hukumatining voqea bo‘yicha pozisiyasini aniqlovchi rasmiy bayonot e’lon qilishga va’da bergan edi.

Avvalroq Barzaniy o‘zining shaxsiy ofisi va Xavfsizlik va razvedka boshqarmasi rahbarining qarorgohi Eron dronlari tomonidan nishonga olinganini e’lon qilgan edi. U hujumni xavfli eskalasiya va Iroq Kurdistonining xavfsizligi va barqarorligiga bevosita tahdid deb atagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “