BAAdami yoki Qozog‘iston: Nursulton Nazarboyev qayerda?

BAAdami yoki Qozog‘iston: Nursulton Nazarboyev qayerda?

Qozog‘istonning BAAdagi elchixonasi RIA Novosti agentligiga Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ushbu mamlakatda bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.

«Uning matbuot kotibi bergan so‘nggi hisobotga ko‘ra, Nazarboyev Qozog‘istonda», - dedi elchixona vakili.

Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari Nazarboyevlar oilasiga tegishli ekani aytilayotgan ikkita shaxsiy samolyot Qirg‘izistondagi «Manas» xalqaro aeroportiga qo‘nganini xabar qilgan edi. Ulardan biri Makedoniyadan, ikkinchisi Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan. Biroz vaqt o‘tgach, tomonlar Qirg‘iziston poytaxti aeroportini tark etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!