"Azovstal" to‘liq ozod qilindi

"Azovstal" to‘liq ozod  qilindi

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga Marupol shahri jangarilardan to‘liq ozod etilgani haqida hisobot berdi. "Azovstal" kombinatning yerosti inshootlari to‘liq Rossiya Qurolli Kuchlari nazoratiga o‘tdi, deb xabar qilmoqda @rian_ru.

16 maydan buyon o‘tkazilgan operasiya davomida kombinatda qurshovga olingan 2 439 nafar "Azov" millatchi batalyoni jangarilari hamda Ukraina qo‘shinlari askarlari taslim bo‘lishgan va asirga olingan.

Bugun 531 nafar jangaridan iborat bo‘lgan eng so‘nggi guruh qurol topshirdi. Ular orasida "Azov" millatchi batalyonining "mashhur" yetakchilari ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!