Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensasiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi

Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensasiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi

🔰 Qonun (https://t.me/huquqiyaxborot/10407) bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, quyidagilarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam pulidan (https://t.me/huquqiyaxborot/8898) hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensasiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi (2021 yil 1 iyundan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi):

➖ olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;

➖ olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta’lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.

🚫 Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan ham soliq undirilmaydi.

☑️ Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq to‘lashi mumkin (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).

➡️ Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffisiyentda qo‘llaniladi.

🚙 Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni O‘zbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yig‘imdan ozod qilinadi (2021 yil 1 martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!