Ayrim o‘qituvchilarning oyligi 50 foizgacha oshiriladi

Ayrim o‘qituvchilarning oyligi 50 foizgacha oshiriladi

Prezident «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida» farmonni imzoladi.

Unga binoan, umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida.

Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;

Davlat test markazining mazkur bandning to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilmagan milliy test tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.

Bunda, 2025 yil 1 yanvarga qadar chet tili fanidan kamida S1 darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik ustama 50 foiz miqdorida to‘lanadi;

pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama – umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;

umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq foiz ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.

Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab XTV tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalari va "Bolalar kutubxonalari" xodimlarining lavozim maoshi 1,2 baravarga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (1 )

    Анг сертификат болса мугаллимлер улыума алалмайды, англиский мугаллимлер зордан алады, категлрияга 50% косин онын орнына