Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi belgilandi

Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi belgilandi

Xukumat qarori (310-son, 12.06.2026 y.) bilan "Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiklandi.

✅ Nizomga kura, fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududidan qat’i nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan
uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin.

✍️ Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin.

‼️ Ariza beruvchini baholashda kuyidagilar tasdiqlanishi shart hisoblanadi:

🔹 amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani;

🔹 davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega ekanligi.

☑️ Subsidiya 1 oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 marta beriladi.

▶️ Tanlov onlayn tarzda o‘tkaziladi.

📚 Bunda mezonlarga to‘liq muvofiq ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar (random.org) orqali aniqlab olinadi.

🗒 Subsidiya ajratish xabarnomasini olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрича, Европа ҳозир