Ayrim telegram kanallar UzAuto Motors'dan auditoriyasi sonini oshirish uchun foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

Ayrim telegram kanallar UzAuto Motors'dan auditoriyasi sonini oshirish uchun foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

Bugun Spot.uz internet nashrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillarining Rossiyada sotilish holatlari ko‘paygani haqidagi maqola e’lon qilindi. Maqolada keltirilishicha, Chevrolet avtomobillari deyarli yarim yillik tanaffusdan so‘ng, yana avtosalonlarda paydo bo‘la boshlagan.

Bugun Spot.uz internet nashrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillarining Rossiyada sotilish holatlari ko‘paygani haqidagi maqola e’lon qilindi. Maqolada keltirilishicha, Chevrolet avtomobillari deyarli yarim yillik tanaffusdan so‘ng, yana avtosalonlarda paydo bo‘la boshlagan.

Shuningdek, maqolada Rossiyaga avtomobillar xususiy sotish uchun olib kirilganligini aniq qayd etilgan. Spot.uz jiddiy nashr sifatida barcha faktlarni Rossiya OAViga tayanib taqdim etdi. Maqola muallifi UzAuto Motors Rossiyaga mart oyidan boshlab avtomobil jo‘natishni to‘xtatganligini, kompaniyaning rasmiy distrubyutori «Keles Rus» esa o‘z faoliyatini to‘xtatganini ham aniq ta’kidlagan.

Spot.uz tomonidan faktlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlarning aniq taqdim etilishi bilan aftidan o‘quvchilar orasida ushbu materialni oyog‘ini osmondan qilib o‘rganib chiqqan «chala bloger» ham topildi. Aniq faktlarga ko‘ra, shaxslar UzAuto Motors'ga o‘zbek xaridorlarini kamsitish va Rossiyaga avtomobilni yashirin eksport qilish ayblovini «so‘rib olishga» muvaffaq bo‘lishdi.

Ushbu shaxslarning tor fikrliligi ularga Rossiya avtomobil bozorini o‘rganish imkonini bermadi. So‘nggi voqealarni hisobga olgan holda, ko‘plab rus tadbirkorlari allaqachon foydalanadigan transport vositalarining tasdiqlangan turini (TVTT) olmasdan turib, jismoniy shaxslar tomonidan «parallel import» ga ruxsat berildi.

UzAuto Motors mavzusida «hayp» qilish istagi aql bovar qilmas darajada oshib ketdi. Populistik postda hatto mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlab chiqarilgan avtomobillarni go‘yoki Rossiya uchun ishlab chiqarilgan deb yozishdi, garchi joriy yilning avgust oyida kompaniya mexanik uzatmali avtomobillar sotuvi boshlanganini e’lon qilgandi. Bundan tashqari, kompaniya bir kishi tomonidan ko‘p miqdorda avtomobillarni sotib olish faktlari haqida bir necha bor xabar bergan.

Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi, Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqaradigan barcha korxonalar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va «General Motors» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar doirasida olib borishini alohida ta’kidlaymiz.

UzAuto Motors Spot.uz saytiga materiallarni tayyorlashdagi professional yondashuvi uchun minnatdorchilik bildiradi va o‘z mashhurligini oshirish maqsadida UzAuto Motors kompaniyasiga tegishli har qanday ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatayotganlarni keskin qoralaydi. Bu esa o‘quvchilarni chalg‘itadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!