Ayrim shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi

Ayrim shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi

Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, vaqtinchalik soliq imtiyozlariga, Prezident yoki Hukumat qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i hamda yuridik shaxslarning yer solig‘idan to‘liq ozod qilish imtiyoziga ega soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni 1 foizi miqdorida to‘laydi (mazkur tartib 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).
Foyda solig‘ini hisoblashda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) 3 baravari (2 mln 466 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi (ilgari MHTEKMning 1,41 baravari edi – 1 mln 159 ming so‘m). Bu 2022 yil 1 martdan yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar 5 yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinadi. Ilgari 3 yil edi. Bu tartib 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!