Ayrim dorixonalar reseptsiz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotishda davom etmoqda

Ayrim dorixonalar reseptsiz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotishda davom etmoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi uchta dorixona xodimlariga nisbatan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘aildi. Ularda «Regapen» (pregabalin) dori vositasi reseptsiz sotilgan, deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.

Yakkasaroy tumanidagi GULI-KAND-PLUS dorixonasidan 420 ta «Regapen» tabletkasi olib qo‘yildi. 23 yoshli Sherali N. va 29 yoshli Jasur K.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 251−1- moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1 dekabrdan yangi qoidalar kuchga kirganiga qaramasdan (kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari faqatgina ijtimoiy dorixonalarda va faqatgina resept asosida sotiladi), ushbu dorixonalarda ular savdosi amalga oshirilayotgani haqida jurnalist Nikita Makarenko o‘z Telegram-kanalida xabar qildi.

IIBB Uchtepa tumanidagi «Besh plyus mega farm» dorixonasidan 658 ta «Regapen», Chilonzor tumanidagi «Fayz farm» dorixonasidan esa 77 ta «Regapen» va 36 ta boshqa kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar olib qo‘yilgani haqida ham xabar qildi. Birinchi dorixona xodimi 31 yoshli Bobur R. va ikkinchi dorixona xodimi — 23 yoshli Alibek K.ga nisbatan xuddi shu modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!