Ayrim antibiotiklar eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin

Ayrim antibiotiklar eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin

AQShning Indiana tibbiyot universiteti tadqiqotchilari ba’zi antibiotiklar nima uchun eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘lishini aniqladi.

Masalan, aminoglikozidlar tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi hisoblanadi. Ular qariyb 100 yildirki, infeksiyalarni davolashda qo‘llanib kelinmoqda.

Chunki ushbu preparatlar arzonligi va tez ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Shu bois muolaja jarayonida undan keng foydalanish ommalashgan.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, aminoglikozidlar 20-47 foiz bemorlarda quloqlardagi eshitish analizatorining bir qismi bo‘lgan hujayralar o‘limiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bunga dori vositalarining toksik xususiyatlari ham sabab bo‘ladi.

Tadqiqot mualliflari ushbu jarayonning asosiy biokimyoviy hamda molekulyar mexanizmlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur guruhga mansub antibiotiklar hujayralarda eshitishni qabul qilishda ishtirok etadigan RIPOR2 oqsiliga ta’sir o‘tkazadi.

Oqibatda ayni shu oqsil o‘z o‘zini yo‘q qilish, ya’ni autofagiya jarayoniga kirishadi va quloqlarning eshitish qolbiliyati yo‘qola boradi.

Izlanuvchilarning qayd etishicha, ushbu yangilik antibiotiklar nojo‘ya ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan muolaja choralarini ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!