Ayolning plastik kartasidan aldov yo‘li bilan pullarini qo‘lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Ayolning plastik kartasidan aldov yo‘li bilan pullarini qo‘lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

2022 yilning 23 avgust kuni M.A. telegram tarmog‘i orqali K.M.ning ishonchiga kirib, o‘zini “Click” xodimi ekanligini aytib, plastik kartasini himoyalab berishini aytib, karta raqamlarini qo‘lga kiritib tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasidan jami 9.100.000 so‘m pullarni yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!