Ayol yangi tug‘ilgan qizini cho‘ktirib, jasadini axlatxonaga tashladi

Ayol yangi tug‘ilgan qizini cho‘ktirib, jasadini axlatxonaga tashladi

Moskvadagi kvartirasida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini vannaga cho‘ktirdi.

Bolaga qotillik sodir etilganlikda gumonlanayotgan ayolga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar beradi Rosbalt Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining Moskvadagi Bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib.

Tergovchilar aniqlashicha, 2 aprelga o‘tar kechasi Lxoviskaya ko‘chasidagi uyning kvartirasida bir ayol qiz tug‘adi. Shundan so‘ng, ona bolani suv bilan to‘ldirilgan vanna ichiga solib qo‘yadi, keyin uni plastik xaltaga solib, axlat qutisiga tashladi.

Kasalxonada ayol shifokorlarga bolaning o‘lik holda tug‘ilganligini aytadi. Shu bilan birga, sud-tibbiy ekspertizasi bolaning o‘ldirilganligini aniqladi.

Ayni paytda ayol hibsga olingan, yaqin kunlarda sud uni qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!