Ayni paytda Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Ayni paytda Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi

“Tibbiyot tizimidagi islohotlarimizni odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rgandagina his qiladi.

Inson sog‘lig‘i va uning hayotini saqlab qolishda “oltin soat” oralig‘ida birinchi yordam ko‘rsatuvchi bo‘g‘in, albatta, tez tibbiy va shoshilinch yordam hisoblanadi.

Aytish joizki, ushbu soha umuman e’tibordan chetda qolib ketgan edi.

Mana, so‘nggi besh yilda ushbu hayotiy muhim sohalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha katta ishlarni boshladik”, dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Jumladan, bu davrda:

- 2 224 ta yangi tez yordam mashinalari olib berildi yoki transport parkining 80 foizi yangilandi;

- zamonaviy reanimasiya mashinalari soni 24 tadan 435 taga ko‘paytirildi;

- bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 16 baravarga, dori-darmon turlari 20 tadan 45 tagacha oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!