Ayni paytda Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.

Ushbu tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida o‘tgan besh yilda:

- 465 million dollarlik investisiyalar o‘zlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirilgani;

- ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga (4 trillion so‘mdan 17 trillion so‘mga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oshgani;

- tarmoqda ish o‘rinlari soni 2 barobarga oshib, 32 mingtaga yetgani ta’kidlandi.

“Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026 yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz.

Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi. Uni o‘zimizda chuqur qayta ishlab, raqobatdosh tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish zarur”, dedi Prezident.

Buning uchun “ta’lim – innovasiya – ishlab chiqarish – servis” yaxlit zanjirini o‘z ichiga olgan sanoat klasteri tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!