Ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini yetarli asoslar bo‘lmaganda so‘roq qilish taqiqlanadi
Farmonga ko‘ra, shaxsga nisbatan tergov davrida e’lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko‘rilayotganligidan qat’i nazar yarashuv instituti doirasiga tushadigan yengilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yarashuv institutini qo‘llash tartibi joriy qilinmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash taqiqlanadi.
Shuningdek, ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini prosess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish taqiqlanadi.