Axborot texnologiyalari sohasida o‘zbek-koreys hamkorligi yanada kengaytiriladi

Axborot texnologiyalari sohasida o‘zbek-koreys hamkorligi yanada kengaytiriladi

2019-yil 5-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va yuksak va ma’suliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi. U, shuningdek, 2017-yil 22-25-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi axborot texnologiyalari sohasida O‘zbek-koreys hamkorligini yanada kengaytirganini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari, ayniqsa, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, texnoparklar va innovasiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-ta’lim va teletibbiyotning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!