Avval jinoyatga qo‘l urgan shaxs yana qing‘ir ishga qo‘l urdi

Avval jinoyatga qo‘l urgan shaxs yana qing‘ir ishga qo‘l urdi

2021 yil 10 aprel kuni Qorako‘l tumani hududida tuman IIB va DXX Buxoro viloyati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, soat taxminan 19:25lar atrofida xalqaro ahamiyatiga ega bo‘lgan M-37 yo‘lining Buxoro shahardan Qorako‘l tumanga harakatlanib kelayotgan avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan Qorako‘l tumani “Chovli” mahallasida yashovchi 1961 y.t., muqaddam 5 marotaba Jinoyat kodeksning 270, 273, 276 moddalari bilan sudlangan, 2020 yil avgust oyidan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi sababli, Qorako‘l tuman IIO Probasiya guruhida jazo muddatini o‘tab kelayotgan fuqaro H.Bning yonida bo‘lgan oq polietilen paket ichida 45 gramm quritilgan holda “marixuana” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 273-modda 2-qism bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!