Avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruviga 2020 yil yanvar oyida qancha vaqt sarflandi?

Avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruviga 2020 yil yanvar oyida qancha vaqt sarflandi?

Davlat bojxona qo‘mitasi chegara bojxona postlari orqali 2020 yil yanvar oyi davomida harakatlangan yengil va yuk avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan umumiy o‘rtacha vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qildi.

2020 yil yanvar oyi davomida respublikaning chegara bojxona postlari orqali jami 93 ming270 ta yengil va yuk avtotransport vositalari harakatlangan bo‘lib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 24 daqiqa 27 soniya sarflangan.

Jumladan:

engil avtotransport vositalari 64 ming 962 tani tashkil qilib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 10 daqiqa 28 soniya sarflangan;

yuk avtotransport vositalari 28 ming 308 tani tashkil qilib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 38 daqiqa 26 soniya sarflangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!