Avtomobilda shoshilinch tug‘uruqni amalga oshirgan poliklinika shifokori e’tirof etildi

Avtomobilda shoshilinch tug‘uruqni amalga oshirgan poliklinika shifokori e’tirof etildi

Tug‘uruq jarayoni kutilmaganda boshlangan homilador ayolga avtomashinada doyalik qilgan poliklinika mudirasi Hilola Jamilova Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdirlandi.

Shifokorga vazir o‘rinbosari E.Basitxanova tomonidan Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayevning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘z navbatida, favqulodda vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmay, kasb burchini sidqidildan bajarishda jonbozlik ko‘rsatayotgan sog‘liqni saqlash tizimining bunday fidoyi xodimlari milliy tibbiyotimizning yangi imijini yaratishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!