Avtomobilda ot o‘g‘irlab ketayotgan qozog‘istonlik qo‘lga olindi

Avtomobilda ot  o‘g‘irlab ketayotgan qozog‘istonlik qo‘lga olindi

Sharqiy Qozog‘iston viloyati polisiya xodimlari chorva o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan 31 yoshli fuqaroni qo‘lga olishdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Gumonlanuvchi o‘g‘irlangan jonivorlarni tiriklayin yengil avtomobil saloniga yuklab, yashirin joyga olib borgan. Keyinchalik mollarni sotish uchun xaridorlarni qidirgan.

Gumonlanuvchi sentyabr oyi boshida navbatdagi o‘g‘irlikdan so‘ng qo‘lga olindi.
Polisiya gumonlanuvchining bir necha marta ot va buzoqlarni o‘g‘irlash, shu jumladan, oldingi yillarda sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqladi.
"Tergov harakatlari davom etmoqda, o‘g‘irlangan mollarni xaridorlari aniqlanmoqda. Gumonlanuvchining qilmishi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (Hayvonlarni o‘g‘irlash) bo‘yicha kvalifikasiya qilinmoqda, unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin”, - deydi viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Talgat Shayaxmetov.
Qayd etilishicha, 2021 yilda viloyatda 52 nafar kishi chorva mollarini o‘g‘irlashda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan, chorva mollarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanuvchi yetti jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yilgan.

https://ru.sputnik.kz/incidents/20210913/18111138/kazakhstanets-loshad-salon.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!