Avtobus falokati: 31 kishi jarohatlandi, 2 tasining ahvoli og‘ir

Avtobus falokati: 31 kishi jarohatlandi, 2 tasining ahvoli og‘ir

Tailandda ichida 41 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus falokatga uchradi. Avtobus yo‘l chetidan ketayotgan paytda bir tomonga ag‘anagan.

Thaiger portalining yozishicha, hodisa Bangkokdan 200 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. YTH natijasida 31 nafar yo‘lovchi jarohatlangan, ulardan ikkitasining ahvoli og‘ir. Jarohatlanganlar kasalxonaga olib ketilgan.

Xabarlarga qaraganda, fojiaga haydovchining uxlab qolgani sabab bo‘lgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!