Avstraliyada dahshatli o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ilk marta koala dunyoga keldi

Avstraliyada dahshatli o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ilk marta koala dunyoga keldi

Avstraliyada qayd etilgan yirik o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ilk marta koala dunyoga keldi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Jonivor Yangi Janubiy Uels shtatida joylashgan sudralib yuruvchilar bog‘ida tug‘ilgan. U yong‘inlardan so‘ng birinchi marta dunyoga kelgan xaltali hayvonlar vakili hisoblanadi.

Jajji koala besh oylik bo‘lib, u endigina onasining xalatasidan ko‘rinish bera boshladi.

Bog‘ xodimlari yangi tug‘ilgan jonivorga Esh deb ism qo‘ydi. Esh ingliz tilidan tarjima qilinganida «kul» degan ma’noni anglatadi.

«Esh — Avstraliyadagi fojiali yong‘inlardan so‘ng dunyoga kelgan birinchi koala. U Avstraliya yovvoyi tabiati kelajagiga umid uyg‘otadi», — deydi bog‘ xodimlari.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oktyabr oyida Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari kuzatildi. Fojia oqibatida turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 17-24 kishi halok bo‘ldi. Yana shuncha odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

1400 dan ortiq uy-joy, 6,5 million gektar maydondagi o‘rmonlar yonib ketdi.

Bir milliarddan ortiq sut emizuvchi jonivorlar, qushlar va sudralib yuruvchilar nobud bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!