Avstraliya 100 yil ichida ilk bor shtatlar o‘rtasidagi chegaralarni yopadi

Avstraliya 100 yil ichida ilk bor shtatlar o‘rtasidagi chegaralarni yopadi

Avstraliyaning eng zich joylashgan ikki shtati o‘rtasidagi chegara Melburnda koronavirus tarqalishi sababli noma’lum muddatga yopiladi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

Viktoriya va Yangi Janubiy Uels shtatlari o‘rtasidagi chegara 100 yildan beri yopilmagandi. Ikki shtat o‘rtasidagi so‘nggi harakat 1919 yilda ispan grippi pandemiyasi paytida to‘xtatilgan.

So‘nggi kunlarda Viktoriya poytaxti Melburnda COVID-19 holatlari keskin o‘sib, hokimiyatni ijtimoiy masofaga nisbatan qat’iy qoidalar joriy etishga majbur qildi.

Viktoriyada bir kechada koronavirusning 127 ta yangi holati qayd etildi, bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatgichdir. Koronavirusdan ikki kishi o‘lgani ham xabar qilingan. Mahalliy ma’murlarning ma’lum qilishicha, ikki haftadan beri mamlakatda virus qayd etilmagandi. Avstraliyada jami 106 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Yangi Janubiy Uels bosh vaziri Gledis Berejiklyanning aytishicha, chegara qachon ochilishi hozircha noma’lum, ammo ayni damda harbiylar noqonuniy o‘tishlarning oldini olish uchun uni qo‘riqlashadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarani kesib o‘tish uchun pasportni olib yurish kerak bo‘ladi.

Avstraliya koronavirus pandemiyasi bilan yaxshi kurashdi - mamlakatda jami 8500 ga yaqin kasallik qayd etilgan.

Afsuski, Melburndagi holat ushbu statistikani buzdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!