Avgust oyining birinchi haftasida o‘rtacha issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

Avgust oyining birinchi haftasida o‘rtacha issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

3 avgust va ish haftasining oxirigacha tekislik hududlarda havoning o‘rtacha issiq bo‘lishi davom etadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo ushbu kunlardagi anomal harorat iyul oyining eng issiq davridagidek ahamiyatli emas. Kechalari asta-sekin uzayadi, kunlar esa qisqarishni boshlaydi.

Ushbu haftaning katta qismi davomida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlarning rivojlanishi kuzatiladi. Buning natijasida mahalliy yomg‘ir va momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Respublika bo‘yicha 2−4 avgustda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

2−5 avgustda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi saqlanib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!