Avgust oyida O‘zbekistonda qancha tug‘ilish qayd etildi?

Avgust oyida O‘zbekistonda qancha tug‘ilish qayd etildi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 525 280 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga ko‘p.

Joriy yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 83 925  ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (9 585 ta) kuzatildi.

O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan tirik tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand – 63 573 ta, Farg‘ona – 58 774 ta, Qashqadaryo – 55 774 ta va 50 601 ta bilan Andijon viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Ma’lumot o‘rnida, 1897 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan bo‘lib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 mln. kishi) soniga teng degani.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!