Avariyaga uchragan transport vositasining maketi yo‘l yoqasiga o‘rnatildi

Avariyaga uchragan transport vositasining maketi yo‘l yoqasiga o‘rnatildi

Uzoq masofaga qatnovchi haydovchilarning hushyorligini oshirish hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan noodatiy uslubda yondashgan holda haydovchilarni yanada sergaklashtiruvchi usullardan foydalanilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, Buxoro viloyati Romitan tumani Gazli shaharchasi orqali cho‘l hududidan o‘tuvchi A-380 – “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatga ega yo‘lning 324-km.da avtohalokatga uchragan transport vositasining maketi yo‘l yoqasiga o‘rnatildi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!