Audi Activesphere EV elektr kross-kupe konsepsiyasini taqdim qildi

Audi Activesphere EV elektr kross-kupe konsepsiyasini taqdim qildi

Germaniyaning Audi avtokonserni reallik tizimi bilan kengaytirilgan Activesphere EV elektr kross-kupe konsepsiyasini taqdim qildi.

Ushbu elektromobil sozlanishi mumkin bo‘lgan podveska, AR ko‘zoynaklari va pikap sifatida foydalanish imkoniyati bilan jihozlangan. U bitta quvvatlanishda 600 km masofani bosib o‘ta oladi. Shuningdek, mashina qo‘l hamda avtonom boshqaruvga ega.

Avtomobil yo‘ltanlamas holatida harakatlanish davrida xavfsizlikni oshirish uchun transformasiyalanadigan bamperlar va yon tomon poroglari bilan jihozlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!