Atrofdagilarning salbiy ta’siridan himoya qilish

Atrofdagilarning salbiy ta’siridan himoya qilish

Tarbiyada tashqaridan bo‘ladigan salbiy ta’sir eng katta xatardir. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo‘l qo‘yilmagach, u o‘z qiziqish va rag‘batlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan izlay boshlaydi.

Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e’tibor qaratishi talab etiladi. Ya’ni, ular farzandi maktab yoki kollejdan keyin qayerga borishi, nima bilan shug‘ullanashini nazorat qilish lozim. Yoxud bola do‘stlari bilan suhbatlashishi, birga dars qilish maqsadida uydan chiqib boshqa nojo‘ya ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Ayniqsa, hozirgi kunda maktab o‘quvchilariga urf bo‘lgan turli yig‘inlar bahonasida farzand uydan chiqib, ota-ona e’tiboridan uzoqlashishga harakat qiladi. Ana shu paytda ixtiyorini o‘ziga qo‘yish oqibatida, farzand turli buzuq ishlar, ichish, chekish va ba’zi hayosiz amallarga qo‘l uradi.

Oila tarbiyasi mukammal bo‘lmasa, buning ustiga farzand tarbiyasiga xavf tug‘diradigan atrof-muhit ta’siriga e’tibor qaratilmasa, oqibati yomon bo‘ladi. Buni hisobga olmagan, e’tibordan chetda qoldirgan ayrim ota-onalar ko‘ngilsiz voqea sodir etilganidan keyin xatolarini anglab, nadomatda qoladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!