Asossiz bo‘shatilgan tibbiyot xodimi ishiga tiklandi

Asossiz bo‘shatilgan tibbiyot xodimi ishiga tiklandi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi bilan mehnat munosabatlari mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bosh Qomusimizning 37- moddasida “Har bir shaxs mehnat qilishi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deb takidlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111-moddasi 1-qismiga ko‘ra, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishga tiklanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Majburiy ijro byurosi Bandixon tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2021 yil
13 sentyabrdagi ijro varaqasi kelib tushdi.
Ung ko‘ra Bandixon tuman tibbiyot birlashmasidan asossiz ravishda bo‘shatilgan R.X. ni ishga tiklash va majburiy progul uchun o‘rtacha oylik ish haqi undirish belgilangan edi.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida Bandixon tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga darxol ishga tiklash hamda davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik eng kam oylik ish xaqining 10 barobaridan 15 barobarigacha ma’muriy jarima qo‘llanishligi haqida rasmiy ogohlantirilib, qaror nusxasi bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining “Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bekor qilinib, asossiz bo‘shatilgan xodim avvalgi ish joyiga tiklanishi ta’minlandi.
Shuningdek, majburiy progul uchun o‘rtacha oylik ish haqi hisobidan ish haqi undirib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!