Ashxobodda yigit va qizlarning birga yurishi taqiqlandi – OAV

Ashxobodda yigit va qizlarning birga yurishi taqiqlandi – OAV

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda mahalliy polisiya o‘g‘il va qiz bolalarning xiyoborlarda birga bo‘lishni taqiqladi. Bu haqda “Nastoyashee vremya” yozmoqda.

“Milisiya xodimlari yoshlarning hujjatlarini tekshirmoqda, ko‘pincha bu poytaxtning Ilhom bog‘ida ko‘zga tashlanmoqda. Agar yigit qiz uning singlisi ekanini aytsa, u holda buni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, agar qiz yigitning kursdoshi bo‘lib chiqsa, u holda yoshlar mahkamaga olib ketiladi. So‘ngra ularning shaxsiga aniqlik kiritish va ota-onasiga xabar berish maqsadida ta’lim muassasasiga murojaat qilinadi. Shuningdek, holat yuzasidan universitet rahbariyati ham xabardor qilinadi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari bunday harakatlarning sababi bo‘yicha hozircha izoh bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!