Ashxabodda Gurbanguli Berdimuhammedovning otasi vafot etganligi "sezilmadi" – OAV

Ashxabodda Gurbanguli Berdimuhammedovning otasi vafot etganligi "sezilmadi" – OAV

18 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Myalikguli Berdimuhamedov vafot etdi.

"Turkmaniston xronikasi" muxbirlari Myalikguli Berdimuhamedovning vafoti munosabati bilan Ashxabodning kundalik hayotida hech qanday o‘zgarish yuz bermaganini qayd etishdi.

19 aprel kuni tushdan boshlab poytaxtda bayroqlar tushirilmadi va motam lentalari yo‘q edi, shu jumladan uning nomini olgan va Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti yonida joylashgan harbiy qism darvozalarida ham.

Yaqinlashib kelayotgan poytaxt yubileyiga bag‘ishlangan turli tadbirlar munosabati bilan markaziy ko‘chalarda ko‘plab polisiyachilar navbatchilik qilishmoqda.

Ehtimol, Prezident oilasi yashaydigan va oddiy fuqarolar kirish imkoni bo‘lmagan Firyuzada xotira tadbirlari o‘tkazilishi mumkin. Balki, Myalikguli Berdimuhamedov Yzgant qishlog‘idagi qabristonda dafn etilar, deb yozadi gazeta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!