Asakada "Cobalt" hamda "Lacetti" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Asakada "Cobalt" hamda "Lacetti" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

🚨 Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan (https://t.me/Andijonliklar_TV/16791), Asaka tumanida "Cobalt" hamda "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot

⚡️Joriy yilning 8 sentyabr kuni soat 07:30larda Andijon viloyati, Asaka tumani, Karvonsaroy va Shinam ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli hamda haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

🔹Natijada, transport vositalariga moddiy zarar yetgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Asaka tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiriv ishlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!