Arzimagan pul uchun onasini o‘ldirgan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Arzimagan pul uchun onasini o‘ldirgan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Tergovchilar o‘z onasini 200 rubl uchun urib o‘ldirgan 38 yoshli fuqaroga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Bu haqda Tatariston Respublikasi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, "Rossiya 1" va "Rossiya 24" telekanallarida efirga uzatilgan "Tatariston" davlat teleradioeshittirish kompaniyasi xabar berdi.

Sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘lladi. Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi ("Qasddan badanga og‘ir shikast etkazish, natijada beparvolik tufayli jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, voqea 13 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan jinoyatchi rafiqasi bilan birga taksida uyiga qaytgan. Biroq, ular haydovchiga pul to‘lay olmadilar va yo‘l haqini to‘lash uchun erkak onasidan 200 rubl so‘radi. Rad javobini olganidan keyin esa 57 yoshli ayolni oyoqlari va qo‘llari bilan shafqatsizlarcha ura boshladi. Ayol voqea joyida vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!