Arxeologlar "tarixni qayta yozuvchi" kashfiyotni amalga oshirishdi

Arxeologlar "tarixni qayta yozuvchi" kashfiyotni amalga oshirishdi

Misrning Qohiradan taxminan 30 kilometr janubda joylashgan Sakkara qishlog‘ida arxeologlar yoshi 4,5 ming yilni tashkil etuvchi, Qadimgi qirollik davridagi podshoh Tetining rafiqasi malika Naraat dafn etilgan maqbarini topishdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu kashfiyot ko‘p jihatdan mintaqa tarixini qayta yozadi.

Misr Madaniyat va qadimiy yodgorliklar vazirligining xabar berishicha, maqbara Qadimiy yodgorliklar Oliy Kengashi hamda Iskandariya kutubxonasi qoshidagi Misrshunoslik markazi tomonidan Zaxa Xavas boshchiligida tashkil etilgan qo‘shma missiya mutaxassislari guruhi tomonidan kashf etilgan.

Miloddan avvalgi 2347-2337 yillarda hukmronlik qilgan Qadimiy Qirollikning VI-sulolasi fir’avnlaridan birinchisi bo‘lmish Tetining rafiqasiga tegishli maqbaraning bir qismi bir necha yil oldin aniqlangan. Ammo arxeologlar ko‘plab yer osti xonalariga shu kunlarda yetib borishga muvaffaq bo‘lishgan.

Quduqlardan arxeologlar, shuningdek, ko‘plab artefaktlar hamda o‘sha paytda qadimgi misrliklar sig‘ingan xudolarning ko‘plab haykallarini topishgan.

"Ushbu kashfiyot Sakkara nafaqat erta, balki keyingi, ya’ni Yangi podshohlik davrida ham nekropol bo‘lib xizmat qilganligidan dalolat beradi", deya ta’kidlagan Xavas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!